Yil: 2017

Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman axborot xati

Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman axborot xati

АХБОРОТ ХАТИ

“Ўзбекистон олий таълим муассасалари педагог кадрларининг малакасини ошириш тизими: тажриба, ютуқлар ва ривожланиш истиқболи”

Ҳурматли хамкасблар!

Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг малакасини ошириш тармоқ маркази Сизни 2018 йил 18 апрелда ўтказиладиган “Ўзбекистон олий таълим муассасалари педагог кадрларни малакасини ошириш тизими: тажриба, ютуқлар ва ривожланиш истиқболи” номли халқаро илмий-амалий анжуманда иштирок этишга таклиф этади.

Анжуманда қуйидаги йўналишлар бўйича масалалар муҳокамаси режалаштирилган:

  1. Инновацион таълим технологиялари ва педагогик компетентлик:
  2. Ўқув жараёнига ахборот коммуникация технологияларини тадбиқ этиш.
  3. Замонавий тиббий таълимнинг долзарб масалалари.
  4. Фанлар интеграцияси ва амалиётда илғор хорижий тажрибалардан фойдаланиш.
  5. Тиббиёт олий таълим муассасаларида ўқитишнинг педагогик-психологик ўзига хослиги ва шахслар орасидаги муносабат асослари.
  6. Клиник фанлар бўйича (хирургия, терапия, педиатрия, стоматология) кадрларни тайёрлаш ва малакасини ошириш жараёнида билимларни шакиллантириш мазмуни, тузулиши ва асосий талаблар.
  7. Тиббий-биология, тиббий-профилактика ва фармацевтика фанлари бўйича кадрларни тайёрлаш ва малакасини ошириш жараёнида билимларни шакиллантириш мазмуни, тузулиши ва асосий талаблар.
  8. Дипломдан кейинги тиббий таълим муаммолари ва истиқболи.
  9. Клиник психологиянинг илмий-назарий ва методологик асослари.
  10. Симуляцион марказларнинг замонавий аспектлари.

Анжуман муаммолари бўйича пленар ва секция йиғилишларида иштирок этганларнинг мақолалари тўпламида нашр этилиши кўзда тутилган. Тезислар бепул чоп этилади.

Анжуман расмий тили: ўзбек, рус, инглиз.

Анжуманда қатнашиш шакли: маъруза қилиш ва тезислар чоп этиш.

Анжуманда қатнашиш учун материаллар 2018 йил 10 февралгача қабул қилинади.

Тезислар қуйидаги манзилга юборилади: E-mail: tta_tm@bimm.uz

Тезислар қуйидаги талабларга мувофиқ расмийлаштирилиши лозим.

Матн Microsoft Word 2007 матн редакторида, Times New Roman шрифтида 12 ўлчам катталигида, 1,0 интервалида ҳар бир томондан 2 см бўйича ёзилади, ҳажми 1 бетдан ошмаслиги лозим! Тезислар матнида иллюстрациялар, схема жадвал, график ва адабиётлар кўрсатгичи бўлмаслиги керак.

Сахифада матнни жойлаштириш:

1-қатор. Тезис номи (бош ҳарфлар билан, қалин шаклда);

2-қатор. Муаллифнинг исми-шарфи;

3-қатор. Иш бажарилган ташкилот, шахар, давлат номи;

4-қатор. Тезислар матни.

axborot xati >>

“Master klass”

       2017-yil 15-dekabr kuni TTA huzuridagi kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi “Tibbiy biologiya” yo’nalishida tahsil oluvchi tinglovchilar Onkogematologiya markaziga tashrif buyurdilar. Tibbiyot fanlari nomzodi professor K.T Boboyev  “Gemoblastozlarni tekshirish va davolashning yuqori texnologiya usullari” mavzusida tinglovchilarga “Master klass” darsini o’tib berdi. Tinglovchilar o’zlarini qiziqtirga savollariga javob oldilar.

FOTOLAVXALAR:

2 3

Qandli diabetni oldini olish kuniga bag’ishlangan tadbir.

        2017-yil 14-dekabr kuni TTA huzuridagi kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi “Davolash ishi” (Terapiya) yo’nalishida tahsil oluvchi tinglovchilar bilan birgalikda Professor  Shagazatova Barno Habibullayevna bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuvning asosiy mavzusi “Qandli diabet” tog’risida bordi. Professor Shagazatova Barno Habibullayevna ushbu kasallik to’g’risida tinglovchilarga qiziqarli ma’ruza o’qidi. Tinglovchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

FOTOLAVXALAR:

photo_2017-12-18_10-02-36 photo_2017-12-18_10-03-05 photo_2017-12-18_10-03-08

Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitasiya ilmiy tibbiyot markaziga ko’chma mashg’ulot olib borish uchun tashrif buyurishdi

2017-yil 9-dekabr kuni TTA tarmoq markazi “Davolash ishi” (Terapiya) yo’nalishida tahsil oluvchi tinglovchilari Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitasiya ilmiy tibbiyot markaziga ko’chma mashg’ulot olib borish uchun tashrif buyurishdi. Mazkur ko’chma mashg’ulot doirasida “Tanqislik anemiyalari tashhisi, klinik manzarasi va davosiga differensial yondashuv” mavzusida suhbat olib borildi. Tinglovchilarga markazning yetakchi mutaxassislari bu kasallik haqida tegishli ma’lumotlarni yetkazdilar. TTA tarmoq markazi tinglovchisi Najmiddinova Maxsuma Anvarovna ilmiy tibbiyot markazi tinglovchilariga ushbu kasallik haqida “Master klass” o’tib berdi.

FOTOLAVHALAR:

1 2
4

Ko’chma mashg’ulot…

     2017-yil  6-dekabr kuni TTA tarmoq markazi “Pediyatriya” ishi yo’nalishi tinglovchilari Toshkent pediyatriya tibbiyot institutining klinikasida ko’chma mashg’ulot olib boorish uchun tashrif buyurishdi. Ko’chma mashg’ulot chog’ida tinglovchilar so’ngi rusumdagi sifravoy rentgent aparatlari bilan tanishdilar. Mashg’ulotni klinikaning yetakchi mutahassislari o’tishdi. Tinglovchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.

FOTOLAVXALAR:

3 4 5 6

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning BMT 72-Sessiyasidagi nutqining asosiy mazmuni to’g’risida seminar bo’lib o’tdi.

     2017 yil 7-dekabr kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish Tarmoq markazi  “Tibbiy biologiya” va “Farmatsiya” yo’nalishi tinglovchilari o’rtasida, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miramonovich Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-Sessiyasidagi nutqining asosiy mazmuni to’g’risida seminar bo’lib o’tdi.

   Seminarni Toshkent tibbiyot akademiyasi ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o’qituvchisi A.A.Razzoqov olib bordi. Seminarda Yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoevning mamlakatimizning yangi qiyofasini shakllantirish yo’lida amalga oshirilgan islohotlar to’g’risida to’xtalib o’tganlari, dunyoda terrorizm tahdidlari, ayniqsa, so’ngi yillarda kuchayib borayotgani ularga qarshi, asosan, kuch ishlatish yo’li bilan kurashish usuli o’zini oqlamayotganligidan dalolat berishini, markaziy Osiyo uyg’onish davrining ko’plab yorqin namoyandalari islom va jahon sivilizasiyasiga hissa qo’shgan buyuk shaxslar ya’ni alloma Imom Buxoriy haqida  ta’kidlab o’tildi.Tinglovchilar ushbu seminarda o’zlariga yaxshi xulosa va qiziqish oldilar.

FOTOLAVXALAR:

1 2 3 4

Theme: Overlay by Kaira TMA ITC
Forobiy ko'chasi 2