Maʼnaviyat va maʼrifat tadbiri

7 fevral 2020 yil Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi yigʼilishlar zalida, “Prezident murojaatnomasi – milliy yuksalish dasturi” mavzusidagi anjumanda,TTА xuzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi «Tibbiy biologiya» yoʼnalishi tinglovchilari qatnashdi.

Unda Oliy Majlis Senati aʼzolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, “Maʼrifat” targʼibotchilar jamiyati aʼzolari, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazlari direktorlari, Bosh ilmiy-metodik markaz tinglovchilari, proffessor-olimlar ishtirok etdilar. Tadbirda Murojaatnomada belgilangan:

 

mamlakatimizni 2020 yil va kelgusi 5 yilda rivojlantirish boʼyicha barcha sohlarni qamrab olgan ustuvor yoʼnalish va vazifalar; 2020 yil – “Ilm-maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”ning mazmun va mohiyati maʼruza, infografika, video va tarqatma materiallar asosida tushuntirib berildi. Shuningdek, anjumanda Prezidentimiz ilgari surgan “Halollik vaktsinasi”, uni har bir vatandoshimiz qalbiga jo etishda ajdodlarimiz merosi, xususan, xalqimiz ozodligi yoʼlida qurbon boʼlgan maʼrifatparvar bobolarimiz taʼlimotlari va ezgu davʼatlarini oʼqib oʼrganish masalasiga alohida eʼtibor qaratildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.

Theme: Overlay by Kaira Extra Text
Cape Town, South Africa