Markaz tarixi

Nuritdinov M.R.Nuritdinov M.R. (1976 – 1978)

Malaka oshirish fakultetining tashkilotchisi va birinchi dekani.
Fakultetda birinchi mashg‘ulot 13 ta mutaxassislik bo‘yicha 1976 yil 5 mayda boshlandi (Sog‘liqni saqlash vazirligining 22.03.76 yildagi 179-sonli buyrug‘i).
Har yili tinglovchilar soni 200 ta (O‘zbekistondan 100-ta, Kirg‘iziston, Turkmaniston va Tojikistondan 100-ta)
Dekanat yosh pedagoglar Univirsitetiga rahbarlik qilgan, fakultet dekani esa rektor deb hisoblangan.
Fakultet bazalari ToshDavTI, Y. Oxunboboev va P.F. Borovskiy nomli tibbiyot bilim yurtlarida bo‘lgan.

 

zokirov-bZokirov U.B. (1978-1982)

U davrda institutimizning malaka oshirish fakultetiga O‘rta Osiyo va Qozog‘iston respublikalaridan tibbiy o‘rta bilim yurtlarining o‘qituvchilari kelishar edi. SHu sababdan unga institut rahbariyati tomonidan katta e’tibor qilinar edi. Malaka oshiruvchilarning yotoqxona sharoitlarini va madaniy hordiq chiqarishlarini yaxshilashga doimiy ahamiyat berilardi. YAqinda tashkil etilgan bu fakultetga qarashli barcha kafedralarning moddiy-texnik bazasini o‘quv-me’yoriy hujjatlarini, uslubiy tavsiyanomalarni va amaliy o‘quv jarayonini zamon talablari darajasida olib borishni taqozo qilardi. Pedagogika va psixologiya fanlari bo‘yicha dars berish uchun boshqa institutlardan yirik mutaxassislar jalb etilardi. O‘qish mobaynida turli tibbiyot ilmiy-tadqiqot institutlariga va O‘zRSSVga qarashli tibbiyot tarixi muzeyiga ekskursiya uyushtirilardi. Malaka oshirish jarayoni referat yozish va imtixon topshirish bilan yakunlanardi. O‘kuv rejasi va dasturini to‘la bajarganlarga diplom topshrilardi.
O‘sha vaqtlarda malaka oshirish fakulteti institutimizda o‘qtuvchilar uchun tashkil kilingan “Yosh pedagoglar” universitetini boshqarish ham yuklatilgan edi. Fakultet dekani ushbu institut rektori deb xisoblanar edi. O‘qish 2 yilga mo‘ljallangan bo‘lib. Uning dasturidan pedagogika, psixologiya, etika, estetika, oratorlik  va boshqa dolzarb muammolarga bag‘ishlangan masalalar o‘rin olgan edi. Uni bitirganligi to‘g‘risida diplom berilardi. Ilk bor bizning institumizda tashkil qilingan va kata qiziqish uyg‘otgan bu ish keyinchalik respublikamizning boshqa tibbiyot institutlarida ham amalga oshirilgan edi.

 

shomirzaev-nSHOMIRZAEV N.X. (1982-1985)

Dekanat 13 ta mutaxassislik bo‘yicha darslar o‘tkazish va tashkil etishga oid ishlarni davom ettiradi, bundan tashkari ToshDavMI xamda Y.Oxunboboev va P.F.Borovskiy nomidagi tibbiyot bilim yurtlari direktorlarining muovinlari va bo‘lim mudirlari   bilan   darslar  olib  borilar edi.   Tinglovchilar  Toshkent shaxridagi etakchi klinika va markazlada bo‘lardilar. Ma’ruzalar o‘qish uchun Toshkent shaxrining tibbiyot muassasalari va boshka oliy o‘quv yurtlaridan yirik olimlar taklif etilar edilar. Tinglovchilar soni yiliga 200 kishini tashkil etgan: Uzbekistondan 100-ta xam da O‘rta Osiyo va Kozog‘istondan 100-ta. SHomirzaev  N.X. shu paytda yosh muallimlar universitetining Rektori xam bulgan.

 

kulikov-yuYU.A. KULIKOV (1985-1996)

Ushbu davrdagi ishlarning asosiy yunalishi:
1. Malaka   oshirish   kursi   tinglovchilari   bilan    13 ta mutaxassislik bo‘yicha O‘rta Osiyo va Kozog‘iston tibbiyot bilim yurtlari   o‘qituvchilari  bilan   mashg‘ulotlar tashkil qilingan  va o‘tkazilgan. Bir yildagi tinglovchilarning soni 200-taga etgan edi.
2. MOKga    ToshDavTi    Ukituvchilarini    mutaxassislik buyicha  Rossiya,   Ukraina,   Kozog‘iston   tibbiyot   oliy   o‘quvyurtlariga  (yiliga  200-ta tinglovchi)  yuborishni  tashkil  kilish ishlari bajarilgan.
3. Xisoblash texnikasi buyicha biofizika va med kibernetika kursi   tashkil   kilindi   va institutning   570   xodimini   ukitildi. Xisoblash texnikasi asoslarini uzlashtirish (1985-1987) buyicha institutning 516 xodimini Rossiya oliy ukuv yurtlariga yuborilgan.
4. Uzbekistondagi     tibbiyot     oliy     ukuv     yurtlarida ukituvchilar tarkibining malakasini oshirish fakultetini tashkilkilishda ishtirok etgan.  Fakultet   1-ToshDavTi  koshida tashkil etildi. (UzRSS vazirligining 28.04.94 dagi 193-sonli buyrug‘i). Fakultetning    asosiy    bazalari    1-ToshDavTI.    (10 ta   ixtisoslik buyicha).
2-ToshDTI da (14 ixtisoslik buyicha). Xar yili tinglovchilar soni 500-600 ta.
5. Pedagogika kafedrasi tashkil etildi (1994 y.).
6. Talabalarga  bilim  berishda  test  nazorati   asoslarining samaradorligi   buyicha   institut pedagoglarini   ukitish   ishlari tashkil kilindi.
7. Yosh pedagoglar Universiteti ishlariga raxbarlik kilindi (1989 yilgacha).

 

magrupov-bMAGRUPOV B.A. (1997- 2003)

1997 yilgacha tinglovchilarni dastlabki tasdiklangan reja asosida ukitish davom etgan.
1997 yilda MOK bazasida oliy va urta maxsus ukuv yurtlarining ukituvchilari malakasini oshirish markazi tashkil etildi. Fakultetning markazga aylanishi bilan malaka oshirish bazasi sifatida oliy va urta maxsus ukuv yurtlari bilan shartnomalar tuzildi, tinglovchilar uchun test imtixoni xakidagi nizom ishlab chikildi, tasdiklandi va markaz ishida amaliyotga tatbik etildi.
Ukuv rejasining tuzilishiga uzgarish kiritildi. Ukuv soatining 40% dan 55% gacha kafedralarda ukuv-metodik ishlarni kursatib, tanishtirishga 22%dan- 5% gachapedagogika va psixologiya, 33% dan-35% gacha ma’naviyat va ma’rifat, axborot va xisoblash texnikasiga berildi.
I.M. Sechenov nomli Moskva meditsina akademiyasi va Asfendiyarov nomli Kozog‘iston davlat universiteti bilan valyutasiz asosda tinglovchilar bilan almashish xakida bitim tuzildi.

 

usmonov-rUsmonov R. D.(2003-2012)

Toshkent tibbiyot akademiyasi (TTA) xuzuridagi pedagogik maxorat bo‘yicha oliy va o‘rta maxsus tibbiyot o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish markazi 1976 yidan beri faoliyat yuritib keladi va dastlab Toshkent davlat meditsina instituti bazasida o‘rta maxsus o‘quv yurtlari o‘qituvchilari uchun malaka oshirish fakulteti sifatida tashkil etilgan. 1994 yilda yuqorida keltirib o‘tilgan, fakultetda oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari tarkibi malakasini oshirish fakulteti tashkil etilgan. 1997 yilda O‘zR sog‘liqni saqlash vazirligining 27.05.97 yil №302-sonli buyrug‘iga asosan oliy va o‘rta tibbiyot o‘quvyurtlari professor-o‘qituvchilar tarkibi malakasini oshirish markazi (MOM) tuzildi.Professor – o‘qituvchilar MOM da tibbiyot oliy o‘quv yurtlari va tibbiyot kollejlari o‘qituvchilari pedagogik malakasini oshirish faoliyatini amalga oshirildi. O‘qitish pedagogik texnologiyalar va talim metodlari bo‘yicha 55 dan ziyod mutaxassislik bo‘yicha olib borilgan.

 

 baymakov-sBaymakov S.R.(2012-2015) 

S.R.Baymakov 2012 yildan boshlab,  Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi  yangi tashkil etilgan “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi” ning   direktori  lavozimida ishlagan.  Bu davrda u markazning moddiy – texnik bazasini boyitishga, ilmiy, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni yaratish, ma’naviy – ma’rifiy faoliyatini rivojlantirishga katta xissa qo‘shdi. U rahbarlik qilgan davrda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida yangi malaka oshirish yo‘nalishlari tashkil qilindi, o‘quv reja va dasturlar takomillashtirildi, barcha modullar bo‘yicha 20ta  o‘quv- uslubiy majmualar yaratildi, markaz sayti yaratildi, tinglovchilar uchun   3ta o‘quv multimediya xonasi, 3 ta kompyuter xonalarida qulay sharoitlar yaratildi.

S.R.Baymakov 2013 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining davlat boshqaruvi fakultetini  muvaffaqiyatli  yakunladi.

2014 yilning dekabr oyidan boshlab,  S.R.Baymakov Toshkent tibbiyot akademiyasining Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo‘yicha prorektori lavozimida faoliyat olib bormoqda.  Bu davrda u OTM va tibbiyot kollejlari o‘rtasidagi  xamkorlik muammolariga bag‘ishlangan 7 ta tibbiy mavzulardagi anjuman  va  2 ta ilmiy  konferensiya  tashkil etib, tibbiy oliy ta’lim muassasalarining litsey va kollejlar bilan ishlash  bo‘yicha  prorektorlar rayosatining  faol  a’zosi  xisoblanadi.

Translate: En Ru