2017 yilning 5 iyun kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markaziga may-iyun oylarida o‘qishga kelgan “Davolash ishi” (Xirurgiya) rus guruhi yo‘nalishi bo‘yicha malaka oshiruvchi tinglovchilar Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdilar.
Mustaqillik maydoniga tashrif davomida barcha tinglovchilar ushbu «Xotira maydoni»dagi yodgorlik, mahalliy me’morlik an’analari asosida ayvon va serhasham qator ustunli, devorlariga kitob sahifalari shaklida 1941-1945 yillar ulug‘ vatan urushida halok bo‘lgan o‘zbek o‘g‘lonlarini xotirladilar. «Motamsaro ona» haykali, urushda halok bo‘lganlar xotirasiga o‘rnatilgan mangu olov yonib turibdi.