13.10.2017 yil ТТА huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markaziga sentyabr-oktyabr oyida o’qishga kelgan “Stomatologiya” yo’nalishi bo’yicha malaka oshiruvchi tinglovchilar bilan birgalikda Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston milliy kutubxonasiga tashrif uyushtirildi.
Tashrif davomida tinglovchilar ushbu kutubxonaga a’zo bo’lishdi va mahsus “mehmon bileti” ochildi. Kutubxona hodimi tinglovchilarga kutubxona bo’yicha sayohat uyushtirdi. Sayohat davomida kutubxonaning birinchi qavatida joylashgan muzey bilan tanishtirgach, ikkinchi qavatda qanday bo’limlar joylashganini ko’rsatib o’tdi. Kutubxona xodimi asosan kutubxonada saqlanayotgan nodir qo’lyozmalar va noyob kitoblar haqida ma’lumot berdi.
Tinglovchilar bu tashrifdan madaniy hordiq va katta taasurot oldilar.
FOTOLAVXALAR: