Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida “14 yanvar Vatan ximoyachilari kuni” bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi > Yangiliklar > Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida “14 yanvar Vatan ximoyachilari kuni” bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

          O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan  14 yanvar «Vatan ximoyachilari kuni» deb e’lon qilingan.

        Shu munosabat bilan Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Tarmoq markazida faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilar va xodimlar uchun   2018 yil 13 yanvar kuni  madaniy–ma’naviy tadbir bo‘lib o‘tdi.  Tadbir avvalida ko‘p yillar ta’lim va tibbiyot sohasida Tibbiyot akademiyasida samarali faoliyat ko‘rsatgan bir guruh xodimlar taklif etildi. Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi xarbiy tibbiyot fakulteti professor-o‘qituvchilari taklif etilganlardan, t.f.n. polkovnik Raximov Abduraim Fozilovich,  Harbiy dala jarroxligi kafedrasi boshlig‘i tibbiyot xizmati podpolkovnigi Akmaljon Najmiddinovich Nasriddinovlar ishtirok etdilar.

    Birinchi bo‘lib, t.f.n. polkovnik Raximov Abduraim Fozilovich so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari sarxatlarini saqlashdagi tibbiyot xizmatining roli xaqida gapirib o‘tdi.

     Undan keyin tibbiyot xizmati podpolkovnigi Akmal Nasriddinov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tuzilishi, qurolli kuchlaridagi yangiliklar yangi texnologiyalarni qo‘llash hamda yangi texnikalarni qo‘llashdagi yangi kompyuter texnologiyalarni ishlatish bo‘yicha aytib o‘tdi.

   Bu tadbirda tarmoqda bilim olayotgan “Davolash ishi” (Xirurgiya) va “Tibbiy-profilaktika”  yo‘nalishlari  bo‘yicha tinglovchilar qatnashdilar.

FOTOLAVHALAR:

photo_2018-01-15_10-02-38

13 15 16

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.

Theme: Overlay by Kaira TMA ITC
Forobiy ko'chasi 2