2018-yil 13-mart kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi pedagog kadrlarni
qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi “Farmatsiya”
yo’nalishida tahsil oluvchi tinglovchilar “Remedy Group” dori darmon ishlab chiqarish
zavodiga tashrif buyurdilar. Ko’chma mashg’ulotni Kariyeva Yoqut Saidkarimovna olib
bordi. Tinglovchilar u yerdagi shart sharoitlar bilan tanishtirildi. Yangi texnika jihozlari bilan
jihozlanga zavodda olib borilayotgan o’zgarishlar tinglovchilarga katta ta’surot qoldirdi.