2018-yil 16-mart kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi “Davolash ishi” (Terapiya) yo’nalishida tahsil olayotgan tinglovchilar bilan
birgalikda Isroil davlatidan tashrif buyurgan Professorlar Toubi Elias, Roman Barak hamda Tal Raananlar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuvni Toshkent tibbiyot akademiyasi o’quv ishlari bo’yicha prorektor Baymuradov Shuxrat
Abdujalilovich ochib berdi. Kunning asosiy mavzusi “Sistemalik kasalliklarni davolashda zamonaviy dori vositalari. Allergiya va immun tanqisligi holatlarini davolashning yangi yo’llari” xususida suhbat olib borildi. Uchrashuv qizg’in va savol javoblarga boy bo’ldi.