2018-yil 7-aprel kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi pedagogik kadrlarni
qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi “Davolash ishi”
(Terapiya) yo’nalishida tahsil oluvchi tinglovchilar bilan birgalikda Respublika ixtisoslashtirilgan
kardiologiya markazi Professori G.A.Xamidullayeva bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuvda
“Davolash diagnostikasi va Gipertonik aspektlar” mavzusida suhbat olib borildi. Uchrashuv qizg’in
munozara va savol javoblarga boy bo’ldi.