2018-yil 18-aprel kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi pedagog kadrlarni
qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida “Oliy ta’lim muassasalarida
pedagog hodimlarning malakasini oshirish tizimi: tajriba, ustuvorliklar va rivojlanish istiqbollari”
nomli xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo’lib o’tdi. Tadbirni Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori
Laziz Nodirovich To’ychiyev ochib berdi. Anjumanda bir qancha davlatlardan mehmonlar tashrif
buyurdilar. Xususan Rossiya davlatidan professor Sergey Vladimirovich Volkov professor
Kachkoviskiy Leonid Arkadovich, Qozog’iston respulikasidan Ablatayeva R B lar tashrif buyurdilar.
Anjuman davomida tarmoq markazi direktori Tashkenbayeva Umida Alisherovnaning “Zamonaviy
sharoitlarda pedagogik kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini yuksaltirish”
mavzusida maruza tinglandi. Shundan so’ng Rossiya davlatidan tashrif buyurgan Sergey
Vladimirovichning “Qirg’iziston Endoxirurgiyasida xalqaro hamkorlik tajribasi” mavzusida qilingan
ma’ruzasi yig’ilganlarga kata ta’surot qoldirdi. Bundan tashqari bir qancha qatnashchilar o’z maruzalari
bilan qatnashdilar. Tadbir so’ngida qatnashchilar sertifikat bilan taqdirlandilar.