2018-yil 6-iyun kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi pedagog kadrlarni
qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida “Davolash ishi”
(Terapiya) hamda “Pediatriya” yo’nalishlarida tahsil oluvchi tinglovchilar bilan birgalikda
Italiya davlati Paviya universiteti nefrologiya bo’limi professori Ciro Esposito bilan uchrashuv
bo’lib o’tdi. Tadbirni markaz direktori Umida Alisherovna Tashkenbayeva ochib berdi.
Professor Ciro Esposito tinglovchilarga “Buyrak yetishmovchiligi” mavzusida ma’ruza qildi.
Tadbir davomida professor bilan tinglovchilar o’rtasida ingliz tilida mavzu yuzasidan juda ko’p
savol-javoblar bo’lib o’tdi. Tadbir tinglovchilarda katta ta’surot qoldirdi.