2020 yil 10 fevral kuni TTA huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markaziga Qozog’iston Milliy tibbiyot universiteti ‘Pulmonologiya” kafedrasidan tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Esetova Gulistan Utegenovna tashrif buyurdi va “Pulmonologiya mutaxassislarini tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etishning xalqaro standartlari” mavzusida (ikki juftlik) mashg’ulot o’tkazdi.
Terapiya fanidan zamonaviy davolash usullari haqidagi muhim malumotlarga ega bo’lishdi. Mashg’ulotda “Davolash ishi” (Terapiya) yo’nalishi tinglovchilari aktiv qatnashdilar va munozarali savol javoblar bilan juda mazmunli bo’ldi.