Akademik Ubaydullayev Abdulla Muxarramovich bilan uchrashuv

2017 yil 10 oktyabr kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish Tarmoq markazi tinglovchilarining O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademigi Ubaydullayev Abdulla Muxarramovich bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Ma’ruzada akademik A.M.Ubaydullaev “O‘zbekistonda nafas yo‘li kasalliklari” mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruzada zamonaviy tibbiyotda erishilayotgan yutuqlar, jahon miqyosidagi tibbiy yangiliklar haqida keng ma’lumot berildi.

Tadbir so‘ngida markaz tinglovchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va taniqli ustoz, akademik Abdulla Muxarramovich Ubaydullayevga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

FOTOLAVHALAR:

1 2 3 4 5 6