Joriy yilning 31 yanvar kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi hamda Belarusiya davlat Vitebsk tibbiyot universiteti o’rtasida hamkorlik memorandumi onlain shaklda imzolandi.
Memorandum doirasida ilmiy seminarlar tashkil etish, professor-o’qituvchilar almashinuvini yo’lga qo’yish, hamkorlikda darsliklar, o’quv qo’llanmalar almashuvi, ilmiy anjumanlar, malaka oshirish kurslarini yo‘lga qo‘yish hamda innovatsion usullar almashinuvi ko’zda tutilgan.

ТТА Tarmoq markaz kanaliga ulanish 👇
https://t.me/TTA_Malaka_oshirish

