Joriy yilning 10-aprel sanasida Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markaziga Yaponiya davlati Kamome clinic delegatsiyasi va shaxsan janob Kaneda — klinikaning asoschisi tashrif buyurdi. Tashrif davomida janob Kaneda markaz tinglovchilariga «buyrak yetishmovchiligini davolashda ilg’or yondashuvlar» mavzusida o‘zining bilimlari va ko’p yillik klinik tajribasi bilan bo‘lishdi.
Professor uchrashuv so‘ngida mana shu so‘zlar bilan yakunladi:
«Zamonaviy nefrologiya jadal rivojlanmoqda va samaradorlik, bemorlarning hayot sifati va innovatsion terapiya usullarini birlashtirish masalalari tobora dolzarb bo’lib bormoqda. Bugungi uchrashuv nafaqat ma’ruza, balki Yaponiya va O’zbekiston shifokorlari, tadqiqotchilari va o’qituvchilari o’rtasida tajriba almashish uchun muhim platformadir.»

✅Bizni kuzatishda davom eting!
Tmatm.uz (tmatm.uz) |
Telegram (t.me/TTA_Malaka_oshirish) |
Facebook (www.facebook.com/tmatm.uz) |
Instagram (www.instagram.com/tta_malaka_oshirish?igsh=MTg5dWN5cG0wMnFxaQ==) |
YouTub (www.youtube.com/@ttatarmoqmarkaz) |

