2017-yil 6-dekabr kuni Toshkent tibbiyot akademiyasida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25-yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirni Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori To’ychiyev Laziz Nadirovich ochib berdi. Mazkur tadbirga TTA huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi “Davolash ishi” (Xirurgiya) va “Tibbiy biologiya” tinglovchilari ham tashrif buyurishdi.
FOTOLAVHALAR:


