Konstitutsiyaviy islohotlar

Joriy yilning 16 iyun sanasi Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida “Konstitutsiya kuni” deb belgilandi. Shu munosabat bilan tinglovchilar o’rtasida yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida “Konstitutsiyaviy islohotlar mazmun-mohiyati” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida TTA “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Ro’ziyev Navro’z Ixtiyorovich ishtirok etib, tinglovchilarini yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan tanishtirdi hamda har bir o‘zgartirish va qo‘shimchalar bo‘yicha batafsil tushunchalar berib o‘tdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.

Theme: Overlay by Kaira.  TMA ITC