Alisher Navoiy nomidagi Toshkent markaziy kutubxonasiga tashrif

        29.09.2017 yil  ТТА huzuridagi pedagog kadrlarni  qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markaziga sentyabr-oktyabr oyida o’qishga kelgan  “Davolash ishi” (Terapiya) yo’nalishi bo’yicha malaka oshiruvchi tinglovchilar bilan birgalikda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent markaziy kutubxonasiga tashrif uyushtirildi.

          Tashrif davomida barcha tinglovchilar ushbu kutubxonaga a’zo bo’lishdi va mahsus “mehmon bileti” ochildi. Kutubxona hodimi tinglovchilarga kutubxona bo’yicha sayohat uyushtirdi. Sayohat davomida kutubxonaning birinchi qavati bilan tanishtirgach ikkinchi qavatga chiqib tinglovchilarga qanday bo’limlar joylashganini ko’rsatib o’tdi, asosan kutubxonada saqlanayotgan nodir va noyob kitoblar haqida ma’lumot berdi.

           Tinglovchilar bu tashrifdan madaniy hordiq va taasurot oldilar.

FOTOLAVXALAR:

1 2 3 4

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.

Theme: Overlay by Kaira TMA ITC
Forobiy ko'chasi 2