2017 yil 17 oktyabr kuni Toshkent тibbiyot аkademiyasi huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish Tarmoq markazi «Davolash ishi» (Terapiya) yo‘nalishi tinglovchilari va «Fakultet va gospital terapiya kafedrasi №2»da , I-Respublika klinik kasalxonasida 2017 yil “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari” yiliga bag‘ishlangan «Ichki kasalliklarning dolzarb masalalari» mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Anjumanni 1-Respublika klinik kasalxonasining bosh vrachi A.Y.Ibragimov , 2-sonli fakultet va gospital terapiya kafedra mudiri O.O.Jabbarov va PKQT markaz direktori U.A.Tashkenbaeva ochib berdilar.
Konferensiyada Toshkent davlat yuridik universiteti professori F.A.Muxiddinova, TTA professorlari N.N.Nasriddinova, kafedra mudiri M.Z.Rizamuxammedovalar maruza o‘qidilar.
Terapiya yunalishi rahbarlari Z.F.Umarova va G.S.Agzamova master-klass o‘tqazishdi. Anjumanda tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan mavzulari bo‘yicha malumot oldilar va minnatdorchilik bildirishdilar