21.11.2017 yil ТТА huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Tarmoq markazi noyabr-dekabr oyida o’qishga kelgan “Davolash ishi” (Xirurgiya-1) va “Davolash ishi” (Terapiya-1) yo’nalishi tinglovchilari bilan birgalikda Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdilar.
Barcha tinglovchilar Mustaqillik maydonida joylashgan ”Motamsaro Ona” haykaliga tashrif buyurishdi. Ma’lumki bu memorial 1941-1945 yillar Ulug vatan urushida halok bo’lgan o’zbek o’glonlarini xotirasiga qo’yilgan. Tinglovchilar bir muddat mard o’g’lonlarni yodga olib sukut saqlashdi.
Bu tashrif tinglovchilarning xotirasida uzoq saqlanib qoladi.
FOTOLAVXALAR: