Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitasiya ilmiy tibbiyot markaziga ko’chma mashg’ulot olib borish uchun tashrif buyurishdi

Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi > Yangiliklar > Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitasiya ilmiy tibbiyot markaziga ko’chma mashg’ulot olib borish uchun tashrif buyurishdi

2017-yil 9-dekabr kuni TTA tarmoq markazi “Davolash ishi” (Terapiya) yo’nalishida tahsil oluvchi tinglovchilari Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitasiya ilmiy tibbiyot markaziga ko’chma mashg’ulot olib borish uchun tashrif buyurishdi. Mazkur ko’chma mashg’ulot doirasida “Tanqislik anemiyalari tashhisi, klinik manzarasi va davosiga differensial yondashuv” mavzusida suhbat olib borildi. Tinglovchilarga markazning yetakchi mutaxassislari bu kasallik haqida tegishli ma’lumotlarni yetkazdilar. TTA tarmoq markazi tinglovchisi Najmiddinova Maxsuma Anvarovna ilmiy tibbiyot markazi tinglovchilariga ushbu kasallik haqida “Master klass” o’tib berdi.

FOTOLAVHALAR:

1 2
4

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.

Theme: Overlay by Kaira TMA ITC
Forobiy ko'chasi 2