2018-yil 3-fevral kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi
pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish
tarmoq markazi
“Tibbiy biologiya” yo’nalishi tinglovchilari bilan birgalikda “Islom Karimov”
xotira muzeyiga tashrif buyurishdilar. Yaqinda ochilgan xotira muzeyida O’zbekiston
Respublikasining birinchi prezidenti xotirasini abadiylashtirish maqsadida
u yerda jamlangan rasmlar tinglovchilarga bir olam taasurot qoldirdi.