2018-yil 12-iyun kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi pedagogik kadrlarni
qayta tayyorlash va ularning malakasinioshirish tarmoq markazi “Pediatriya” yo’nalishida
tahsil oluvchi tinglovchilar dotsent Iskanova Gulshan Xaldarovna boshchiligida
Toshkent shahar hokimligi sog’liqni saqlash bosh boshqarmasi shahar “1- bolalar klinik
shifoxonasi”ga tashrif buyurdilar. U yerda tinglovchilardavolash diagnostikasi standartlari
bilan yaqindan tanishdilar hamda hozirgi kunda klinikada davolanayotgan bemor bolalarning
ahvolidan boxabar bo’ldilar va tajriba almashdilar.