2018 yil 03-dekabr kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish tarmoq markaziga Sechenov nomidagi birinchi Moskva Davlat tibbiyot Universiteti “Odam va atrof muhit ekologiyasi” kafedrasi mudiri, Rossiya fanlar akademiyasi akademigi, t.f.d., professor Onishenko Gennadiy Grigorevich
tashrif buyurdi va “Davolash ishi” (Terapiya) va “Pediatriya” yo’nalishlari tinglovchilariga “Yuqumli kasalliklarga qarshi kurashishning chora tadbirlari va uning zamonaviy imkoniyatlari” mavzusida ma’ruza o‘qidi. Ma’ruza juda ham qiziqarli bo‘ldi. Tinglovchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.