2018 yil 6 dekabr kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi malaka oshirish tarmoq markaz tinglovchilari uchun Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi va O‘zbekiston Davlat San’at va madaniyat instituti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi bilan hamkorlikda 8 dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga
bag‘ishlangan «Konstitutsiyamiz baxtu iqbolimiz” nomli tadbir tashkil qilindi. Tadbirni Toshkent tibbiyot akademiyasi o‘quv ishlari prorektori Sh.A.Boymuradov tadbir qatnashchilarini bayram bilan tabriklab, bayram tadbirini ochib berdi. Bayramga Toshkent tibbiyot akademiyasi Yoshlar bilan ishlar bo‘yicha prorektor T.A.Bobomuratov, Toshkent tibbiyot akademiyasi
huzuridagi malaka oshirish tarmoq markazi direktori U.A.Tashkenbayeva, markaz professor-o‘qituvchilari va xodimlari, O‘zDSMI huzuridagi malaka oshirish tarmoq markazi raxbariyati va tinglovchilari tashrif bo‘yurdilar. Tadbirda O‘zDSMI huzuridagi malaka oshirish tarmoq markazida malakasini oshirayotgan san’atkorlar o‘z chiqishlari bilan tadbir qatnashchilariga kutarinki ruh ulashdilar.