Toshkent Tibbiyot Akademiyasi huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazida 2019 yil 13 dekabrda Rossiya davlati «Eydos-Tibbiyot» mutaxassisi V.D.Gusarov «Zamonaviy tibbiyot pedagogikasida simulyasion texnologiyani qo‘llanilishi» mavzusida ma’ruza o‘qidi.
Tarmoq markazi «Pediatriya»,«Tibbiy biologiya» va «Farmatsiya» yo‘nalishi tinglovchilari ishtirok etishdi.
Simulyasion markaz maqsadi, tibbiyotdagi murakkab muammoli jarayonlarni tezkor hal etish afzalliklari haqida keng mazmunli ma’lumot yoritildi.
Simulyasion jihozlar bilan ishlash ko‘rsatmalari haqida taqdimot bo‘ldi.