2020 yil 17 yanvar kuni TTA huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi“Pediatriya” yo’nalishi tinglovchilari “Epitelial neoplaziyaning rivojlanishida virusli sinergiyaning roli” mavzusidagi master-klassda qatnashdilar.

Master-klassda AQSH davlati San-Fransisko shahri Kaliforniya Universiteti yuqumli kasalliklar kafedrasi professori Sh. M. Tugizov maroqli ma’ruza o’qidi. Master-klass doirasida virusologiya, biotexnologiya va yuqumli kasalliklar haqida keng foydali taqdimot qilindi.

Master-klass nihoyasida molekulyar virusologiyaning dolzarb muammolari haqida savol-javoblar bo’ldi.Master-klass tinglovchilarga manzur bo’ldi.
Translate: En


