2020 yil 25-yanvar kuni Toshkent toshkent akademiyasi huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markaziga I.K.Axunbaev nomidagi Qirg’iziston davlat tibbiyot akademiyasi “Oila tibbiyoti” kafedrasi mudiri, Qirg’iziston Respublikasida xizmat kursatgan shifokor, Qirg’iziston Respublikasi ilm va texnika sohasida davlat mukofoti laureati, professor Brimkulov Nurlan Nurgazievich tashrif buyurdi.
TTA huzuridagi malaka oshirish tarmoq markazi “Pediatriya ishi” va “Davolash ishi” (Xirurgiya) yo’nalishlari tinglovchilariga «Umumiy amaliyot shifokorlarining Sog’liqni saqlash tizimidagi roli» nomli ma’ruzalarini o’qidi. Tinglovchilar o’tilgan ma’ruza bo’yicha qiziqarli va ko’pgina ma’lumotlarga ega bo’ldi.