Dunyoda har bir xalqning oʼz tili uning bebaho boyligi, iftixori, gʼururi hisoblanadi. Til xalqni – xalq, millatni – millat qiladi.
1989-yil 21-oktyabrda “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilinib, oʼzbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Ona tilimiz milliy oʼzligimizdir. Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qoʼyilgan.
2020 yil 21oktyabrь kuni TTA huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida masofaviy kurs tiglovchilari bilan Oʼzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabat bilan “ONA TILIM JONU DILIM” mavzusidagi Online video maʼruza boʼldi.
Tadbirni markaz direktori Tashkenbaeva Umida Alisherovna ochib berdi.
Ingiliz tili oʼqituvchisi Xazratova Gulchexra Sharipovna, Suyunova Elmira Shavqidinovnalar tinglovchilar bilan tadbirni davom ettirdi. Tadbir doirasida Oʼzbek tiliga davlat tili maqomi berilish tarixi, oʼzbek tilining axamiyati xaqida fikr muloxazalar almashinildi. Shoir va yozuvchilarimizning sheʼr va asrlaridan naʼmunalar oʼqildi.