Toshkent Tibbiyot Akademiyasi huzuridagi malaka oshirish tarmoq markazida 2022 yil 16 may kuni Oliy ta’lim «Davolash ishi» (Xirurgiya), «Davolash ishi» (Terapiya) yo’nalishi tinglovchilariga falsafa fanlari doktori Norqulov Suxrob Dusmurodovich “2022-2026 yillаrgа moʼljаllаngаn yangi Oʼzbekistonning tаrаqqiyot strаtegiyasi” mavzusida ochiq ma’ruza o’tkazdi.
Ma’ruzada Respublikamizda inson qadri, qonun ustuvorligi, iqtisodiyotni rivojlantirish, ma’naviyatni yuksaltirish, umumbashariy muammolar echimi va mamlakatimiz xavfsizligni ta’minlashda amalga oshirilishi belgilangan O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi haqida ma’lumotlar berildi.

