TTA huzuridaga pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markaziga 2022 yil 21 oktyabrda Hindiston davlati Xalq tabobati mutaxasisi doktor Sourabh Agarwal tashrif buyurdi. Sourabh Agarwal “Davolash ishi” (Xirurgiya),»Tibbiy profilaktika ishi» va «Tibbiy biologiya» yo’nalishi tinglovchilarga “O‘zbekiston tibbiy oliy ta’lim muassasalarida xalq tabobatini rivojlantirish” mavzusida qiziqarli ma’ruza o‘qidi. Ushbu ma’ruza tinglovchilarda katta ta’surot qoldirib, tinglovchilar bilan mavzu doirasida savol-javoblar o’tkazildi. Tinglovchilar o’tilgan mashg’ulot bo’yicha qiziqarli va ko’pgina ma’lumotlarga ega bo’lishdi
Xorijiy hamkorlik

