Bahor va tabiat uyg‘onishining timsoli, sharqona yangi yilning boshlanishi bo‘lgan Navro‘zi olamni baland ruh va katta shodiyona bilan nishonlash azal-azaldan el-yurtimiz uchun go‘zal an’ana hisoblanadi. Joriy yilning 18-mart kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi Pedriatriya yo’nalishi professor-o‘qituvchilari bilan tarmoq markazi katta o’qituvchisi Xazratova G. Sh tomonidan 21-mart Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan “Har kuning Navro‘z bo‘lsin” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirni Buxoro Davlat Tibbiyot Instituti assistenti, tinglovchi Yomgurova O.R ochib berdi va Navro‘z – yangilanish, yasharish, mehr-oqibat va qadr-qimmat bayrami bilan tabrikladi. Tinglovchilar bahorni tarranum etuvchi she’rlar va monologlar o’qishdi.
ТТА Tarmoq markaz kanaliga ulanish 👇
https://t.me/TTA_Malaka_oshirish

