2023 yil 10-may kuni TTA huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash tarmoq markaziga Federal davlat byudjet oliy ta’lim muassasasi, Bashkirt davlat tibbiyot universiteti “Psixiatriya va narkologiya” kafedrasi professori A.R.Asadullin tashrif buyurdi. TTA huzuridagi malaka oshirish tarmoq markazi “Davolash ishi” (Terapiya) yo’nalishi tinglovchilariga «Klinik amaliyotda affektiv buzilishlar» nomli ma’ruza o’qidi, tinglovchilar bilan mavzu doirasida savol-javoblar o’tkazildi. Tinglovchilar o’tilgan ma’ruza bo’yicha qiziqarli va ko’pgina ma’lumotlarga ega bo’lishdi.
Xorijiy mutaxasisdan ma’ruza

