TTA huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida joriy yilning 25-iyun kuni Xorijiy hamkor tashkilotlar bilan qo’shma malaka oshirish kurslari o’quv dasturini o’tkazish maqsadida “Pediatriya ishi” yo’nalishiga Rossiya Federatsiyasi Irkutsk davlat tibbiyot universiteti, «Bolalar kasalliklari va bolalar infeksion kasalliklari kafedrasi mudiri, t.f.d., professor Krupskaya Tamara Semyonovnaning «Базовая помощь новорожденным” va dotsent Vanyarkina Anastasiya Semyonovnaning «Асфиксия новорожденных» mavzusidagi 1 va 2 ma’ruzalari o’tkazildi. Mar’uzalarning davomioyligi 6 soatni tashkil etdi. Ma’ruza so’ngida ma’ruzachilar tinglovchilar tomonidan berilgan savollarga javob berdilar. Professor Krupskaya T.S va dotsent Vanyarkina A.S.larning navbatdagi ma’ruzalarini 26 iyun kuni o’tkazish rejalashtirildi.

ТТА Tarmoq markaz kanaliga ulanish 👇
https://t.me/TTA_Malaka_oshirish

