Vazir Tashrifi

5-iyul kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov vazirlik huzuridagi Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutiga tashrif buyurib, institut faoliyati bilan tanishdi.

Shundan so‘ng vazir Q. Sharipov institutning navbatdagi Ilmiy-metodik kengashiga raislik qildi. Kengashda tayanch OTMlari huzuridagi mintaqaviy va tarmoq markazlarida 2023/2024 o‘quv yilida amalga oshirilgan ishlar hamda tizim oldida turgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Shuningdek, markazlar rahbarlarining tizimda yechimini kutayotgan muammolar va ularning yechimlari yuzasida takliflari eshtildi hamda mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Kengash yakunida malaka oshirish yo‘nalishlarini optimallashtirish, xorijiy tajribalarni malaka oshirish tizimiga joriy etish hamda tizimni raqamlashtirish yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.

Theme: Overlay by Kaira.  TMA ITC