Joriy yilning 16-sentabr kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazining «Davolash ishi» (Terapiya) yo’nalish tinglovchilariga «Ichki kasalliklarning dolzarb muammolari va davolashdagi yutuqlar» mavzusida seminar tashkil etildi.
Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan tibiyot xodimi, tibbiyot fanlari doktori professor Abdug’affor Gadayev tomonidan keltirilgan iqtibos:
“Bitta kassalikni o’nta dori bilan davolagan vrach bu yaxshi vrach emas, o’nta kassalikni bitta dori bilan davolagan yaxshi vrach bo’ladi” o’z nutqi ila ochib berdi.
Akademik I.P. Pavlov nomidagi birinchi Sankt-Peterburg davlat tibbiy universiteti «Nefrologiya va gemodializ» kafedrasi mudiri, professor A.M Esayan tomonidan «KDIGO 2024 yo’riqnomalari BSK rivojlanishi va unga bog’liq asoratlar xavfini kamaytirish uchun bemorni parvarish qilishda kompleks yondashuvdan foydalanish» ma’ruza o’qildi.

ТТА Tarmoq markaz kanaliga ulanish 👇
https://t.me/TTA_Malaka_oshirish

