Joriy yilning 13-mart kuni
Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi «Stomatologiya» yo’nalish tinglovchilari «O’zbekiston davlat tabiat muzeyi»ga sayohat borishdi. Sayohat davomida tinglovchilar tabiatni aks ettiruvchi rasmlar va eksponatlar bilan tanishib chiqdilar.
Oʼzbekiston Davlat tabiat muzeyi 1876-yil 12-iyulda tashkil etilgan boʼlib, yoʼnalishiga koʼra Markaziy Osiyoda yagona hisoblanadi, hamda o‘z sohasi boʼyicha Respublikada bosh muzey hisoblanadi.

ТТА Tarmoq markaz kanaliga ulanish 👇
https://t.me/TTA_Malaka_oshirish

