Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi tibbiyot ta’limi sifati va pedagogik mahoratni oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirmoqda. Mazkur markaz tibbiyot oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari hamda sog‘liqni saqlash tizimi mutaxassislarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar va innovatsion usullarga yo‘naltirilgan holda qayta tayyorlash va malakasini oshirishga xizmat qiladi.
Hozirda markazda tibbiyot pedagoglari uchun maxsus malaka oshirish kurslari, ilmiy-amaliy seminarlar va mahorat darslari muntazam tashkil etilib, ta’lim jarayoni ilg‘or innovatsion texnologiyalar asosida olib borilmoqda.
Mazkur markaz tibbiyot ta’limi tizimidagi pedagoglar va mutaxassislarning kasbiy mahoratini oshirishda muhim rol o‘ynab, sog‘liqni saqlash sohasining barqaror rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shmoqda.

✅Bizni kuzatishda davom eting!
TMA.uz (https://tma.uz/) | Telegram (https://t.me/tma_official) | Facebook (https://www.facebook.com/TMA.news.en?mibextid=ZbWKwL) | Instagram (https://www.instagram.com/tma_mediacenter/?next=%2F) | YouTube (http://www.youtube.com/@TMA_uz) | X (https://x.com/tma_uz)

