Toshkent tibbiyot akademiyasida malaka oshirayotgan tinglovchilar uchun “Oilaviy tibbiyot asoslari” mavzusida ma’ruza o‘tkazilmoqda
Ayni damda Toshkent tibbiyot akademiyasida pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi tinglovchilari uchun navbatdagi malaka oshirish mashg‘ulotlari davom etmoqda.
Mazkur mashg‘ulotlar doirasida tibbiyot fanlari doktori, professor A. Gadoyev tomonidan “Oilaviy tibbiyot asoslari” mavzusida ma’ruza o‘qilmoqda. Ma’ruzada oilaviy tibbiyotning zamonaviy tamoyillari, aholiga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatishning samarali yo‘llari, shuningdek, amaliyotda uchraydigan muhim klinik holatlar bo‘yicha bilim va tajribalar tinglovchilarga yetkazilmoqda.
Ushbu ma’ruza pedagog kadrlar malakasini oshirishda, ularning kasbiy salohiyatini yanada yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

✅Bizni kuzatishda davom eting!
Tmatm.uz (tmatm.uz) |
Telegram (t.me/TTA_Malaka_oshirish) |
Facebook (www.facebook.com/tmatm.uz) |
Instagram (www.instagram.com/tta_malaka_oshirish?igsh=MTg5dWN5cG0wMnFxaQ==) |
YouTub (www.youtube.com/@ttatarmoqmarkaz) |

