Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish tarmoq markaziga joriy yilning 12-mart sanasida Tatariston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan shifokor, ixtirochi va davlat mukofoti laureati, Tibbiyot fanlari doktori, professor hamda Rossiya Federatsiyasi Tibbiyot va texnika fanlari akademiyasining akademigi, Qozon Davlat Tibbiyot Universiteti professori Ildar Axtyamov Fuatovich tashrif buyurdi. Ildar Axtyamov Fuatovich tashirifi davomida tinglovchilarga «Umumiy amaliyotda Coviddan keyingi osteonekroz diagnostikasi va davolash» mavzusida ma’ruza qildi.
Tinglovchilar ma’ruza davomida horijlik olimdan ko’pgina yangi bilim-ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi hamda o‘zlarining qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.

ТТА Tarmoq markaz kanaliga ulanish 👇
https://t.me/TTA_Malaka_oshirish

