Markazda

Joriy yilning 11-sentabr sanasida Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi tinglovchilari uchun markazning “Ta’lim texnologiyalari” kafedrasi professor o’qituvchilari tomonidan “Bag‘rikenglik va sport: tinchlik va taraqqiyot qo‘rg‘oni kaliti” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida bag‘rikenglik, o‘zaro hurmat, hamjihatlik, sog‘lom turmush tarzi va sportning inson salomatligi hamda jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida fikr almashildi. Tinglovchilar mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalari va takliflari bilan faol ishtirok etdilar. Davomini o’qish… «Markazda»

Mozeyga sayohat

Joriy yilning 9-sentabr sanasida Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi tomonidan «Stomatologiya» yo‘nalishi bo‘yicha malaka oshirish kurslarida ta’lim olayotgan tinglovchilar uchun universitet muzeyida o’quv-ma’rifiy mashg‘ulot tashkil etildi.
Tadbir davomida tinglovchilar Toshkent tibbiyot ta’lim dargohi tarixining muhim bosqichlari, uning shakllanishi va rivojlanish jarayonlari bilan tanishdilar. Muzey ekspozitsiyalarida O‘zbekiston hududida tabobatning qadimgi davrlardan XX asr boshlarigacha bo‘lgan taraqqiyoti, buyuk allomalarning tibbiyot ilmiga qo‘shgan hissasi, xususan, Abu Ali ibn Sino, Abu Bakr ar-Roziy, Abu Rayhon Beruniy kabi allomalarning ilmiy merosi haqida ma’lumotlar berilgan. Davomini o’qish… «Mozeyga sayohat»

Muhim yangilik

Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish tarmoq markazida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 4-sentabrdagi «Oliy ta’lim tashkilotlarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonlarini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish to‘g‘risida»gi 368-sonli buyrug’iga binoan Oliy ta’lim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilarining umumiy baholash mezonlariga o‘zgartirish va qo‘shimchilar kiritilganligi haqida tinglovchilarga markaz direktori hamda bo’lim boshliqlari tomonidan ma’lumot berildi. Davomini o’qish… «Muhim yangilik»

“Mustaqillik darslari”

Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish tarmoq markazida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yarataylik!” shiori ostida “Mustaqillik darsi” o‘tkazildi.

Tadbir davomida makazning professor o’qituvchilari so’zga chiqib tinglovchilarga o’z fikr mulohazalarini hamda bayram tabriklarini yo’llashdi. Davomini o’qish… «“Mustaqillik darslari”»

Mustaqillik bayrami

Hurmatli yurtdoshlar!
Sizlarni yurtimiz hayotidagi eng ulug‘ va qadrli sana — O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!

Mustaqillik — xalqimizning asriy orzu-intilishlari ro‘yobga chiqqan, milliy davlatchiligimiz, qadriyatlarimiz, ona tilimiz, tariximiz va ma’naviyatimizni tiklash hamda rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratgan buyuk ne’matdir.
Bugungi kunda Yangi O‘zbekiston taraqqiyot yo‘lida dadil odimlab, barcha sohalarda keng ko‘lamli islohotlar va ulkan bunyodkorlik ishlarini amalga oshirmoqda. Erishilayotgan yutuqlar zamirida xalqimizning fidokorona mehnati, Vatanga bo‘lgan muhabbati, tinchlik va farovonlikka intilishi mujassam.
Ushbu qutlug‘ ayyomda barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, xonadonlaringizga fayzu baraka, mehnat faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz! Davomini o’qish… «Mustaqillik bayrami»

Theme: Overlay by Kaira.  TMA ITC