Hurmatli yurtdoshlar!
Sizlarni yurtimiz hayotidagi eng ulug‘ va qadrli sana — O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!
Mustaqillik — xalqimizning asriy orzu-intilishlari ro‘yobga chiqqan, milliy davlatchiligimiz, qadriyatlarimiz, ona tilimiz, tariximiz va ma’naviyatimizni tiklash hamda rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratgan buyuk ne’matdir.
Bugungi kunda Yangi O‘zbekiston taraqqiyot yo‘lida dadil odimlab, barcha sohalarda keng ko‘lamli islohotlar va ulkan bunyodkorlik ishlarini amalga oshirmoqda. Erishilayotgan yutuqlar zamirida xalqimizning fidokorona mehnati, Vatanga bo‘lgan muhabbati, tinchlik va farovonlikka intilishi mujassam.
Ushbu qutlug‘ ayyomda barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, xonadonlaringizga fayzu baraka, mehnat faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Mustaqillik bayrami

