Markazda

Joriy yilning 11-sentabr sanasida Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi tinglovchilari uchun markazning “Ta’lim texnologiyalari” kafedrasi professor o’qituvchilari tomonidan “Bag‘rikenglik va sport: tinchlik va taraqqiyot qo‘rg‘oni kaliti” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida bag‘rikenglik, o‘zaro hurmat, hamjihatlik, sog‘lom turmush tarzi va sportning inson salomatligi hamda jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida fikr almashildi. Tinglovchilar mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalari va takliflari bilan faol ishtirok etdilar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.

Theme: Overlay by Kaira.  TMA ITC