Joriy yilning 9-sentabr sanasida Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi tomonidan «Stomatologiya» yo‘nalishi bo‘yicha malaka oshirish kurslarida ta’lim olayotgan tinglovchilar uchun universitet muzeyida o’quv-ma’rifiy mashg‘ulot tashkil etildi.
Tadbir davomida tinglovchilar Toshkent tibbiyot ta’lim dargohi tarixining muhim bosqichlari, uning shakllanishi va rivojlanish jarayonlari bilan tanishdilar. Muzey ekspozitsiyalarida O‘zbekiston hududida tabobatning qadimgi davrlardan XX asr boshlarigacha bo‘lgan taraqqiyoti, buyuk allomalarning tibbiyot ilmiga qo‘shgan hissasi, xususan, Abu Ali ibn Sino, Abu Bakr ar-Roziy, Abu Rayhon Beruniy kabi allomalarning ilmiy merosi haqida ma’lumotlar berilgan.


