Bo'lim: Yangiliklar

Mir Alisher Navoiy 585 yilligi

Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish tarmoq markazi «Davolash ishi»(Xirurgiya) va (Professional talim)»Tibbiyot hamshirasi» yo’nalishi tinglovchilari hamda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoir Bobur Bobmurod bilan birgalikda 9-fevral kuni Mir Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligiga bag‘ishlangan «Buyuk siymolar ijodi qalbimizda mangu porlaydi» mavzusida badiiy kecha bo‘lib o‘tdi.

Alisher Navoiy-Buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir, davlat arbobi hamda so‘z mulkining sultonidir. Buyuk bobomizning yaratgan nodir asarlaridan hozirda nafaqat o‘zbek balki butun dunyo xalqlari bahramand bo‘lishmoqda. Davomini o’qish… «Mir Alisher Navoiy 585 yilligi»

Qatagʻon qurbonlarini yod etish

Joriy yilning 5-fevral sanasida Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi «Davolash ishi» (Xirurgiya) yo‘nalishi tinglovchilari Toshkent shahridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi va Shahidlar xotirasi maydonida bo‘lib, qatag‘on qurboni bo‘lgan shaxslarning hayoti, Vatan ozodligi hamda xalq farovonligi yo‘lidagi ibratli faoliyati va ilmiy merosi bilan yaqindan tanishishdi.
Bugun biz ularning muqaddas xotirasini yod etib, adolat, erkinlik va inson qadrini ulug‘laymiz. Ularni unutmaslik — tarix oldidagi burchimiz, kelajak avlod oldidagi mas’uliyatimizdir. Davomini o’qish… «Qatagʻon qurbonlarini yod etish»

Markazda

Joriy 2026-yilning 5-fevral sanasida Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markaziga Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish Akademiyasi Katta prokurori. Yuridik fanlar doktori Temur Safarov Oʻktamovich ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbatida Temur Safarov Oʻktamovich tinglovchilarga Prezidentimiz o‘z murojaatnomasida korrupsiyaga qarshi kurashishda «favqulodda holat» deb e’lon qiligani hamda yo‘nalishlarda belgilangan asosiy chora-tadbirlar va yangiliklarga to’xtalib, «Favqulodda holat» tartibi va nazorati, Raqamlashtirish — «Raqamli komplayens», Korrupsiyaning oldini olish klasteri hamda Xalqaro hamkorlikda «Halollik orollari» haqida batafsil ma’lumot berdi. Davomini o’qish… «Markazda»

Koʻchma mashgʻulot

Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish tarmoq markazi “Davolash ishi” (Terapiya) yо‘nalishi tinglovchilari hamda modul rahbarlari t.f.d., professor G.S. Agzamova, bilan birgalikda M-CLINIC «Ko‘p funksiyali tibbiyot markazi» dagi «Fizioterapiya va tibbiy reabilitatsiya» bo’limida koʻchma mashg’ulot olib borildi.

Tinglovchilar o’zlarining qiziqtirgan barcha savollariga markazdagi mutaxasislar tomonidan ijobiy javob olishdi hamda zamonaviy texnikalar yordamida amoliyot o‘tkazishdi. Davomini o’qish… «Koʻchma mashgʻulot»

Malaka oshirish

Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish tarmoq markazi «Ta’lim texnologiyalari» kafedrasi professor o’qituvchilari Turkiya davlat Firat universitetida malaka oshirishmoqda.

Malaka oshirishdan maqsad Butun Jahon ta’lim standartlariga mos yangi pedagogik texnologiyalarni o’rganish hamda o’zimizda tadbiq qilishdan iborat. Davomini o’qish… «Malaka oshirish»

Theme: Overlay by Kaira.  TMA ITC