Xalqaro seminar

Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish tarmoq markazi «Davolash ishi»(Xirurgiya) va (Professional talim)»Tibbiyot hamshirasi» yo’nalishi tinglovchilariga 7-fevral kuni “Ona va bola salomatligini nazorat etish elektron raqamlashtirish tizimi dasturi orqali ona va bola sog‘ligini kundalik mobil monitoringi» mavzusida xalqaro seminar bo’lib o’tdi.
Tadbir davomida onalik va bolalikni himoya qilishning eng yaxshi amaliyotlariga bag’ishlandi. Ishtirokchilar Yaponiya xavfsizlik standartlari bilan tanishtirildi. Onalar perinatal o’limni kamaytirish bo’yicha tajriba almashildi.
Yaponiya tomonidan so’zga chiqdi: Global AKT ta’limi yechimlarini ishlab chiqish bo‘limi rahbari, tibbiyot fanlari doktori, Kenji Ichimura, Spiker klinikasi Oliy toifali akusher ginekolog Mao Yamaguchilar so’zga chiqishdi. Davomini o’qish… «Xalqaro seminar»

O’quv yuklamasining taqsimlanishi

Joriy 2026-yilning 5-yanvar oyida Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazining «Ta’lim texnologiyalari» kafedrasining  yig’ilishi o’tkazildi. Yig’ilishda markaz direktori, kafedra mudiri hamda jamoasi bir qator masalalarni muhokama qilishdi. Yi’g’ilishning asosiy vazifasi o’quv yuklamalarning halol va shafof taqsimlanishi haqida bo’ldi. Hamda barcha professor o’qituvchilarga o’quv yuklamalari taqsimlab berildi. Davomini o’qish… «O’quv yuklamasining taqsimlanishi»

Yangi yil

Hurmatli aziz yurtdoshlar!
kirib kelayotgan 2026-yil barchamiz uchun yangi umidlar, ezgu maqsadlar va yorqin imkoniyatlar yili bo’lsin. O’tayotgan yil bizga katta tajribalar, saboqlar va yutuqlar olib keldi. Yangi yil esa har bir xonadonga sog’lik, tinchlik, baxt va baraka olib kelsin.
Yuraklarimiz quvonchga to’lsin, orzularimiz amalga oshsin, oilalarimizda mehr-oqibat va fayz hukm sursin. Har bir tongingiz nurli, har bir kechangiz osoyishta o’tsin. Barchangizga mustahkam sog’lik ulkan zafarlar, xonadonlaringizganfayz-baraka va farovonlik tilayman. Hurmat bilan,

Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish tarmoq markazi!!! Davomini o’qish… «Yangi yil»

Markazda

Joriy yilning 26-27-dekabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida dekabr oyida 288 soatlik malaka oshirishga tashrif buyurgan «Davolash ishi»(Terapiya), «Davolash ishi»(Xirurgiya) hamda «Tibbiy profilaktika ishi» yo‘nalishi tinglovchilari kursni muvaffaqiyatli tugatishdi. Davomini o’qish… «Markazda»

Prezident murojati

Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish tarmoq markazi xodimlari 26-dekabr kuni Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasini tinglashdi.

Tadbir davomida davlat rahbari tomonidan 2026-yil “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deya e’lon qilindi Davomini o’qish… «Prezident murojati»

Seminar

Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish tarmoq markazi «Ta’lim texnologiyalari» kafedrasi xodimlari Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish tarmoq markazida tashkillashtirilgan Respublika ilmiy-amaliy anjumanida p.f.n., dotsent Sh.Dj.Usmonova «Ta’lim sifatini taminlashda ijtimoiy didaktiv aspektlari» hamda f.f.n., dotsent M.X.Toshbekova «Taraqqiyot strategiyasi yangi O’zbekiston rivojlanishida mustahkam omil» mavzularida ma’ruza o’qidi. Davomini o’qish… «Seminar»

Theme: Overlay by Kaira.  TMA ITC