Aziz yurtdoshlar, qadrli hamkasblar!
Bahor faslining goʻzal kunlaridan biri – Navroʻz bayrami barchamizga qutlugʻ bo‘lsin! Ushbu yangilanish va ezgulik ayyomi har bir oilaga baxt, xonadonlarga fayz-baraka, yurtimizga esa tinchlik va ravnaq olib kelsin!
Navroʻz – bu tabiat uygʻonishi, yangi umidlar va ezgu niyatlar fasli. Shu sababli bu kunni sof qalb, yorqin orzular va yaxshi tilaklar bilan kutib olish muhimdir. Yangi yil barcha ezgu ishlaringizga muvaffaqiyat olib kelsin, ishlaringiz unumli, dasturxonlaringiz to‘kin bo‘lsin!
Yaqinlaringiz bilan birga bahoriy shodiyonalarni nishonlab, mehr-oqibat va birdamlik ruhini yanada mustahkamlang!
NAVROʻZ BAYRAMINGIZ QUTLUGʻ BOʻLSIN!
Hurmat bilan,
TASHKENBAYEVA UMIDA ALISHEROVNA
TTA Tarmoq markazi direktori t.f.d professor

