Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish tarmoq markazi 25-mart sanasida “Davolash ishi” (Terapiya) yо‘nalishi tinglovchilari hamda t.f.d., professor G.S. Agzamova bilan birgalikda M-CLINIC «Ko‘p funksiyali tibbiyot markazi» dagi «Fizioterapiya va tibbiy reabilitatsiya» bo’limida koʻchma mashg’ulot olib borildi.
Tinglovchilar o’zlarining qiziqtirgan barcha savollariga markazdagi mutaxasislar tomonidan ijobiy javob olishdi hamda zamonaviy texnikalar yordamida amoliyot o‘tkazishdi.

ТТА Tarmoq markaz kanaliga ulanish 👇
https://t.me/TTA_Malaka_oshirish

