Xorijiy hamkorlik

Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish tarmoq markazi«Davolash ishi»(Terapiya) yo‘nalishi tinglovchilariga 24-mart kuni onlain Zoom dasturi orqali Hindiston Ayurveda Vazirligi yetkachi maslahatchisi, professor Sourabh Agarwal «Hindiston an’anaviy tibbiyot tizimi» mavzusida ma’ruzasi tashkil etildi.

Ushbu ma’ruza tinglovchilarida katta taassurot qoldirdi. Tinglovchilar bilan mavzu doirasida savol-javoblar oʻtkazildi. Tinglovchilar oʻtilgan ma’ruza boʻyicha qiziqarli va koʻpgina ma’lumotlarga ega boʻlishdi. Davomini o’qish… «Xorijiy hamkorlik»

Sayyor kurs

Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi Nodavlat Oliy ta’lim muasasalarining pedagog kadrlarini malakasini oshrish maqsadida Samarqand viloyatidagi Zarmed univesitetida «Sayyor kurslar» qizg’in davom etmoqda.

Hozirgi paytda tinglovchilar mutaxasislik fanlaridan bilim olmoqdalar.
Tarmoq markazining professor o’qituvchilari universitetga tashrif davomida u yerdagi pedagog ustozlarga hozirgi kundagi eng zamonaviy pedagogik usullarni o’rgatishmoqda hamda o’zaro bilm amashish orqali yanada ko’proq ma’lumotga ega bo’lishmoqda.
Davomini o’qish… «Sayyor kurs»

Prezident tashrifi

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markazining ochilish marosimida qatnashdi va uyerda yaratilgan shar-sharoitlar hamda eng noyob eksponatlar bilan tanishdi.

Islom sivilizatsiyasi markazining rasmiy ochilish marosimidan so’ng iftorlik bo’lib o’tdi. Iftorlik marosimida Qurʼoni karimdan tilovat qilindi. Muqaddas Ramazon oyida tutilayotgan roʻzalar, qilinayotgan ibodatlar qabul boʻlishi, Yaratgan Parvardigor xalqimizni va Vatanimizni oʻz panohida asrashini soʻrab, duolar qilindi.
Davomini o’qish… «Prezident tashrifi»

Qatagʻon qurbonlarini yod etish

Joriy yilning 16-mart sanasida Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi «Tibbiy biologiya» yo‘nalishi tinglovchilari Toshkent shahridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi va Shahidlar xotirasi maydonida bo‘lib, qatag‘on qurboni bo‘lgan shaxslarning hayoti, Vatan ozodligi hamda xalq farovonligi yo‘lidagi ibratli faoliyati va ilmiy merosi bilan yaqindan tanishishdi.
Bugun biz ularning muqaddas xotirasini yod etib, adolat, erkinlik va inson qadrini ulug‘laymiz. Ularni unutmaslik — tarix oldidagi burchimiz, kelajak avlod oldidagi mas’uliyatimizdir. Davomini o’qish… «Qatagʻon qurbonlarini yod etish»

Koʻchma mashgʻulot

Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish tarmoq markazi “Davolash ishi” (Terapiya) yо‘nalishi tinglovchilari hamda modul rahbarlari t.f.d., professor R.I,Turaqulov, bilan birgalikda «Milliy tibbiyot markazi»da «Terapevtik kasalliklarni birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi profilaktikasi muammolari va uning еchimlari» mavzusida koʻchma mashg’ulot olib borildi.

Tinglovchilar o’zlarining qiziqtirgan barcha savollariga markazdagi mutaxasislar hamda modul rahbari tomonidan ijobiy javob olishdi. Mashg’ulot davomida markazda davolanayotgan bemorlarni ko’rikdan o‘tkazishdi. Davomini o’qish… «Koʻchma mashgʻulot»

Theme: Overlay by Kaira.  TMA ITC