Sport sog‘lik garovi

Joriy yilning 12-mart sanasida Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi «Tibbiy biologiya» hamda «Stomatologiya» yo‘nalishi tinglovchilari o’rtasida sportning bir qancha (uzoq va yaqin masofaga yugurish, futbol, stol tennisi) turlari bo’yicha musobaqalar uyushtirildi.

Sport sog‘lik hamda do‘stlik elchsidir. Sport orqali sog‘lom fikr, sog‘lom tana hamda sog‘lom raqobat vujudga keladi !!!
Davomini o’qish… «Sport sog‘lik garovi»

Xalqaro xotin-qizlar kuni

Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish tarmoq markazida «8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni» munosabati bilan bayram tadbiri o’tkazildi.

Tadbirda professor ustozlar o’zlarining tabriklarini sher va aytishuvlar orqali ayol ustozlarimizga yo’llashdi!!! Davomini o’qish… «Xalqaro xotin-qizlar kuni»

Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi

Vazirlar mahkamasining 797-sonli qaroriga muvofiq Nodavlat Oliy ta’lim muasasalarining pedagog kadrlarini malakasini oshrish maqsadida Samarqand viloyatidagi Zarmed univesitetida «Sayyor kurslar» tashkil qilindi.

Tarmoq markazining professor o’qituvchilari universitetga tashrif davomida u yerdagi pedagog ustozlarga hozirgi kundagi eng zamonaviy pedagogik usullarni o’rgatishadi hamda o’zaro bilm amashish orqali yanada ko’proq ma’lumotga ega bo’lishadi. Davomini o’qish… «Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi»

Markazda

Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish tarmoq markazida 16-fevral sanasida «Tibbiy pedagogik qayta tayyorlash» kurslarining navbatdagi oflayn dars jarayonlari boshlandi.

Tinglovchilar amaliy dars jarayonlarida markaz professor o‘qituvchilaridan chuqur bilm va ko‘nikmalarni olishmoqda. Davomini o’qish… «Markazda»

Olima ayollar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 26-yanvardagi yig‘ilishining 1-son bayoniga muvofiq, respublikamiz bo‘ylab «11-fevral – Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni»ga bag‘ishlab o‘tkazilgan haftalik doirasida,  ushbu sanani  keng nishonlash va xotin-qizlarning ilm-fan sohasidagi yutuqlarini targ‘ib qilish maqsadida “Uzbekistan Airways” Aksiyadorlik jamiyatining O‘quv-mashg‘ulot markazida ayol xodimalari uchun Toshkent Davlat tibbiyot universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi  dotsentlari Sh.J.Usmanova va M.X.Toshbekovalar tomonidan  “Ilm va ayol: barqaror jamiyat sari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda olimalarning jamiyat hayotida tutgan o‘rni, ilm-fanga katta hissa qo‘shib kelayotgan xotin-qizlarning hayot yo‘li, O‘zbekiston tarixida chuqur iz qoldirgan ziyoli ayollar  haqida  so‘z yuritildi. Davomini o’qish… «Olima ayollar»

Theme: Overlay by Kaira.  TMA ITC